7-avgust kuni navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlari oʻtkaziladi

Xalq ta'limi / 28 iyul, 11:04 · 3272

Sinov jarayonlari yuqoridagi manzillarda tashkil etiladi.

7-avgust kuni navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlari oʻtkaziladi
Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz

Sinov jarayonlari yuqoridagi manzillarda tashkil etiladi.

➖ Ushbu sinovlarda pedagoglarning mutaxassislik fani boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta, pedagogik mahoratini baholash uchun 10 ta, jami 50 ta test beriladi. Har bir javob 2 balldan, jami 100 ball bilan baholanadi.

56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor test sinovidan oʻtgan hisoblanadi va uning shaxsiy kabinetiga elektron shakldagi sertifikat yuboriladi.

➖  Navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi bilan quyida tanishishingiz mumkin.

 

Eslatma: navbatdan tashqari kasbiy sertifikatlash nazorat sinovlarida qatnashish uchun murojaatlarni yuborish 2026-yil 31-iyul (shu kuni ham)ga qadar davom etadi.

O‘xshash maqolalar