Musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fanlaridan milliy sertifikat joriy etiladi

Xalq ta'limi / 3 may, 22:20 · 5072

2025/2026-oʻquv yilidan boshlab musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy…

Musiqa madaniyati va jismoniy tarbiya fanlaridan milliy sertifikat joriy etiladi
Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz

2025/2026-oʻquv yilidan boshlab musiqa madaniyati hamda jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimi amaliyotga joriy etish taklif etilmoqda.


Milliy baholash quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi:

➖birinchi bosqich – Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan oʻtkaziladigan test sinovlari;


➖ikkinchi bosqich – Madaniyat vazirligi va Sport vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan amaliy (ijodiy) imtihon.


B+ va undan yuqori darajali sertifikat olgan oʻqituvchiga qonunchilikda belgilangan tartibda oylik maoshiga ustama beriladi.

Loyiha bilan quyida to'liq tanishishingiz mumkin:

 

 

O‘xshash maqolalar