9- va 11-sinflar uchun yakuniy davlat attestatsiya imtihon sanalari ma'lum bo'ldi

Xalq ta'limi / 4 mart, 18:57 · 9337

9- va 11-sinflar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari 2025-yil 26-maydan 15-iyungacha oʻtkaziladi (Jismoniy tarbiya va kasbiy taʼlim fani bundan…

9- va 11-sinflar uchun yakuniy davlat attestatsiya imtihon sanalari ma'lum bo'ldi
Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz

9- va 11-sinflar uchun yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari 2025-yil 26-maydan 15-iyungacha oʻtkaziladi (Jismoniy tarbiya va kasbiy taʼlim fani bundan mustasno).

Chet tili fanlari hamda umumtaʼlim fanini bilish darajasi toʻgʻrisida davlat namunasidagi sertifikati boʻlgan oʻquvchilar imtihondan ozod qilinadi.

Tegishli fanlar boʻyicha, yakuniy davlat attestatsiyasi oʻtkazilishi belgilangan kundan bir kun oldin, qurʼa tashlash yoʻli bilan (yozma shaklda oʻtkaziladigan fanlar boʻyicha) shakllantirilgan variantlar orasidan 2 ta variant tanlanadi.

Tanlangan 2 ta imtihon variantlari vazirlikning rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi va ushbu variantlar asosida respublika boʻyicha barcha bitiruvchilar yakuniy davlat attestatsiyasini topshiradi.

 

 

Яқин мақола:
➡️Yakuniy imtihondan o‘tolmagan o‘quvchini sinfda qoldirib yuborish mumkinmi?⬅️

 

 

O‘xshash maqolalar