“Xalqaro sertifikatga ega ustozlar soni o‘tgan yilgiga nisbatan qariyb 8 200 nafarga oshgan” – vazir

Xalq ta'limi / 30 iyul, 14:07 · 4041

Joriy yilda xalqaro sertifikatga ega ustozlar soni o‘tgan yilgiga nisbatan 8 178 nafarga oshgan.

“Xalqaro sertifikatga ega ustozlar soni o‘tgan yilgiga nisbatan qariyb 8 200 nafarga oshgan” – vazir
Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz

Joriy yilda xalqaro sertifikatga ega ustozlar soni o‘tgan yilgiga nisbatan 8 178 nafarga oshgan. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Telegramdagi kanalida ma’lum qildi.
 
“O‘z ustida tinimsiz ishlayotgan, yuqori natijalarni qo‘lga kiritayotgan ustozlarimiz soni kundan-kunga oshib bormoqda va bu juda quvonarli holat.

 


Bu — shunchaki raqamlar emas, ular ortida jonkuyar ustozlarimizning ulkan mehnati yotibdi.

Ishonamanki, ushbu statistika bundan keyin ham faqat yuqorilaydi, keyingi yilda bundan ham balandroq natijalar qayd etamiz”, degan u o‘z munosabatida.

 


Ta’kidlash lozim, xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilar 2023-yilda jami 19 629 nafarni tashkil qilgan bo‘lsa, 2024-yilda 27 807 nafarga yetgan.

O‘xshash maqolalar