➡️Hozirgi kunda sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun qancha to‘lanadi?
1 sentyabrdan boshlab maktab pedagog hodimlari qancha maosh oladilar? (1 stavka maosh)
Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori (MHTEKM) 1 360 000 so‘m bo‘lganda, o‘qituvchilarga sinf rahbarligi, daftar tekshirish va kabinet mudirligi uchun to‘lanadigan ustamalar miqdori foiz ko‘rsatkichlariga asosan quyidagicha:
➡️ 1 sentabrdan sinf rahbarligi va daftar tekshirish uchun qancha to‘lanadi? (1 360 000 so‘mga nisbatan)
✅ Sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun:
➖ 15 nafar o‘quvchigacha – 26,4 foiz (359 040 so‘m);
➖ 16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha – 31,6 foiz (429 760 so‘m);
➖ 21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha – 36,9 foiz (501 840 so‘m);
➖ 26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha – 42,1 foiz (572 560 so‘m);
➖ 31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda – 52,8 foiz (718 080 so‘m).
✅ Daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun:
(O‘quvchilar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha ham)
➖ Sinfdagi o‘quvchilar soni 15 nafargacha bo‘lganda – 8,8 foiz (119 680 so‘m);
➖ Sinfdagi o‘quvchilar soni 15 nafar va undan ortiq bo‘lganda – 17,6 foiz (239 360 so‘m).
✅ Informatika kabineti mudirligi uchun:
Kabinet mudirligi uchun – 17,6 foiz (239 360 so‘m).
➡️Hozirgi kunda sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun qancha to‘lanadi?
➡️ Mehnat ta’tili puli (otpusknoy) qanday hisoblanadi?