
✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining joriy yil 11-apreldagi tegishli koʻrsatma xatiga asosan, 9- va 11-sinf oʻquvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari uchun belgilangan fanlar hamda imtihonlarni boʻlib oʻtish sanalari belgilandi. Unga koʻra:
9-sinf oʻquvchilari uchun majburiy boʻlgan fanlar:
➖Ona tili va adabiyot (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun), Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun) fanlari— 27-may kuni (yozma shaklda);
➖Matematika fani — 30-may kuni (yozma shaklda);
➖Oʻzbekiston tarixi fani — 3-iyun kuni (yozma va ogʻzaki shaklda);
➖Jismoniy tarbiya fani — 1-6-may kunlari (amaliy shaklda);
11-sinf oʻquvchilari uchun majburiy boʻlgan fanlar:
➖Ona tili va adabiyot (taʼlim oʻzbek tilida olib boriladigan sinflar uchun), Davlat tili (taʼlim tili oʻzbek tili boʻlmagan sinflar uchun) fanlari — 28-may kuni (yozma shaklda);
➖Matematika (asosiy), Matematika (chuqurlashtirilgan) fanlari — 31-may kuni (yozma shaklda);
➖Oʻzbekiston tarixi fani — 4-iyun kuni (yozma shaklda);
11-sinf oʻquvchilari uchun tanlov fanlari (barcha 11-sinf bitiruvchilari topshirishi majburiy)
➖Ona tili va adabiyoti (Qoraqalpoq va adabiyoti, Rus tili va adabiyoti, Qozoq tili va adabiyoti, Qirgʻiz tili va adabiyoti, Tojik tili va adabiyoti, Turkman tili va adabiyoti), Fizika, Kimyo, Biologiya, Geografiya, Davlat huquq asoslari fanlari — 7-iyun va 10-iyun kunlari (yozma shaklda);
➖Chet tili fani — 7-iyun va 10-iyun kunlari (yozma va ogʻzaki shaklda).