
Yangi o‘quv yilidan boshlab jismoniy tarbiya o‘qituvchilariga toifalar berishning ikki bosqichli yangi tizimi joriy etiladi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Umumta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya fanini o‘qitishni tubdan takomillashtirish va ushbu fan o‘qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni asosida amalga oshiriladi.
Jismoniy tarbiya o‘qituvchilari uchun yangi attestatsiya tizimi
(2025/2026 o‘quv yilidan boshlab, 2025 yil avgust-dekabr oylaridagi attestatsiyadan joriy etiladi)
1️⃣ Birinchi bosqich – test sinovi
✅ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkaziladi.
✅ 40 test savoli, har biri 1 balldan.
✅ Jami 40 ball.
2️⃣ Ikkinchi bosqich – amaliy imtihon
✅ Sport vazirligi tomonidan tashkil etiladi.
✅ Jami 60 ball:
20 ball – jismoniy tayyorgarlik normativlari,
40 ball – sport turlari bo‘yicha mashqlarni bajarish texnikasi.
Shuningdek, 2025 yil yanvar-iyun oylarida o‘tkaziladigan attestatsiyada hali eski tizim qo‘llaniladi: 50 test savoli (har biri 1 ball).
Yangi tizim jismoniy tarbiya o‘qituvchilarining bilim va mahorat darajasini yanada aniqroq baholashga qaratilgan.