Pedagoglarga beriladigan mukofot puli miqdori oshirildi

Prezidentining  19.03.2025 yildagi PF-51-son “Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoniga 2-ilova 18-bandiga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qaroriga 1-ilovaning 29-bandiga quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi:


a) birinchi xatboshidagi “50” raqami “75” raqami bilan almashtirilsin;
b) quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan to’ldirilsin:
“Bunda mukofotlash davrida mukofot miqdori Jamg’armani amaldagi moliyaviy holatidan kelib chiqib, uning mavjud mablag’lari doirasida belgilanadi”.


Endi umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari 2025-yil 1-oktabrda "O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkin. Ya'ni  2025-yil 1-oktabrda 577 ming 500 so‘mgacha emas, balki 866 ming 250 so‘mgacha miqdorida mukofot puli beriladi.


Agar  2025-yil 1-oktyabrgacha mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oshsa, mukofot puli miqdori ham oshadi.


Hozirda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — oyiga 1 155 000 so‘m.