
Zahiriddin Muhammad Bobur haqida 15 ta fakt:
1. Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevralda Andijonda tavallud topgan.
2. Boburning asl ismi Zahiriddin ibn Umarshayx Mirzo. Dovyurakligi sabab 3 yoshida “Bobur” laqabini olgan. “Bobur” so‘zi “sher” degan ma’noni anglatadi.
3. Zahiriddin Muhammad Bobur ota tomondan Amir Temurga 5-avlod hisoblanadi.
4. Bobur otasining o‘limidan so‘ng 12 yoshida Farg‘ona taxtiga o‘tiradi.
5. Bobur Afg‘onistonda “Bog‘i Shahroro”, “Bog‘i Jahonoro”, “O‘rtabog‘”, “Bog‘i vafo” va “Bog‘i Bobur” nomli bog‘larini barpo qilgan.
6. Bobur juda kuchli va baquvvat bo‘lganidan ikki yelkasida ikki askarni ko‘tarib, qal’a devorlari ustida mashq qilgan.
7. Boburiylar sulolasi Hindistonda 300 yildan ortiq hukmronlik qilgan (1526-1858 yy.)
8. Bobur Ganga daryosini ikki marta suzib o‘tgan.
9. “Boburnoma” asari Boburning hayotini yoritib bergan tarixiy-memuar asardir.
10. “Boburnoma” asari dunyoning 31 tiliga tarjima qilingan.
11. Bobur arab alifbosi va grafikasi asosida o‘zining “Xatti Boburiy” alifbosini yaratadi.
12. Bobur siyosiy faoliyatdan tashqari she’riyatda ham qalam tebratgan. Adabiyot va san’atga alohida e’tibor qaratgan.
13. “Toj Mahal” Boburning nabirasi Shohjahon tomonidan qurdirilgan.
14. Z.M.Bobur 1530-yil 26-dekabrda 47 yoshida vafot etadi.
15. Andijonda “Bobur” Xalqaro jamoat fondi, “Bog‘i Bobur” milliy bog‘i, “Bobur” nomidagi muzey, Z.M.Bobur nomida Andijon davlat universiteti, viloyat kutubxonasi faoliyat yuritadi. Andijon shahrida Bobur shoh ko‘chasi, 7 ta shahar, tumanda “Bobur” mahallasi mavjud.