
Ustama uchun ball to'plashda xodimning ish staji ham inobatga olinadi
Umumta’lim muassasalaridagi o‘qituvchilarning bazaviy tarif stavkalariga har oylik ustamalar ularning kasbiy mahorati, ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy va sinfdan tashqari ishlari uchun bir qancha mezonlar asosida belgilanadi.
Ta’lim muassasalaridagi pedagog xodimning ish stajiga qarab maksimal 10 ball beriladi:
- pedagogik ish staji 1 yildan 5 yilgacha - 4 ball;
- pedagogik ish staji 5 yildan 10 yilgacha - 7 ball;
- pedagogik ish staji 10 yil va undan yuqori - 10 ball.