Uy ta’limi uchun jurnal quyidagicha yuritiladi
Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz

Uy ta’limida tahsil olayotgan o’quvchilarga olgan baholari haqida  har bir fan bo‘yicha alohida yuritiladigan baholash daftari yuritiladi va  qayd etib boriladi.

O‘quvchining baholash daftariga qo‘yilgan baholar o‘quvchi ro‘yxatda turgan maktabning sinf jurnaliga yoki o‘quvchilarning davomati va o‘zlashtirishini hisobga olish elektron tizimiga (kundalik.com ga) kiritib boriladi.

Ota-onalar tomonidan baholash daftariga o‘qituvchilar tomonidan dars mashg‘ulotlari o‘tkazilganligini tasdiqlovchi imzo qo‘yiladi.

O‘quvchi olgan baholarning sanasi va dars mashg‘ulotining mavzusi sinf jurnalidagi sana va mavzuga to‘g‘ri kelmasligi mumkin.

BAHOLASh DAFTARI quyidagi ketma-ketlikda bo’ladi

Sana—Mavzu nomi—O‘quvchiga qo‘yilgan baho—Uy vazifasi—Ota-onasining imzosi

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son qarori