✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” Farmoni qabul qilindi.
Unga ko‘ra, 2024-yilda:
➖Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning bilimlarni baholash tizimi qo‘shimcha 1 000 ta maktabga joriy qilinadi.
2024-2025-o‘quv yilidan boshlab:
➖“Mening maktabim” loyihasi doirasida maktablarga bazaviy hisoblash miqdorining 150 barobarida mablag‘ ajratiladi;
➖maktab direktorlari har besh yilda bir marotaba attestatsiyadan o‘tkaziladi.
2024-yil 1-sentabrdan boshlab:
➖Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida maktablarga olis hududlardan qatnaydigan o‘quvchilar uchun bepul avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.