Maktab direktori emaktab.uz'da quyidagi ishlarni bajarishi shart.

Xalq ta’limi vazirining 2О22-уil  24-iyun 205-son buyrug‘iga ko‘ra maktab direktorining vazifalari quyidagicha etib belgilangan.

➖O'zbekiston Respublikasining "Shaxsiy ma'lumotlar to'g'risida" 2019-уil 2-iyuldagi O'RQ-547-son Qonuni talablariga rioya etish;

➖elektron jurnalni o'z vaqtida yuritish;

➖elektron jurnalga kiritilgan ma'lumotlarga o'zgartirish kiritilishining oldini olish;

➖elektron jurnalni yuritishda, fan o'qituvchilari tomonidan yo'l qo'yilgan, inson omiliga bog'liq xatolarga o'zgartirish kiritish maqsadida tuman (shahar) xalq ta'limi bo'limiga rasmiy xat bilan murojaat qilish;

➖maktab psixologi lavozimidagi xodimni Platformadagi sinflarga a'zo bo'lganini vа "Psixolog" guruhlarini tuzib, o'quvchilar hamda ota-ona (о'quvchining qonuniy vakili) bilan doimiy muloqotda bо'lishini muvofiqlashtirish;

➖O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirining 2021-yil 6-sentabrdagi 284-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan "Umumiy о'rtа ta'lim muassasalari faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlash va arxivlash tartibi haqida nizom" talablariga muvofiq hujjatlarni arxivlashtirishni umumta'lim muassasasining o'zida tashkillashtirishni amalga oshiradi.

✅Shuningdek, maktab direktori sinf jurnallarini to'g'ri yuritilishini quyidagi tartibda ("Hisobotlar" bo'limidan) nazorat
qiladi vа "Jurnal olib borish haqida izoh" bo'limida izoh qoldiradi.