Koʻpchilik sana yozganda yoʻl qoʻyadigan xatolar
Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz

Koʻpchilik sana yozganda quyidagi xatolarga yoʻl qoʻyadi:

1. Sana soʻzini notoʻgʻri qoʻllash
Aksar odamlar sana deganda faqatgina kunning oʻzini tushunar ekan. Menimcha, sana bu – yilning qaysi kuni ekanligi. Yil, kun oy birgalikda sanani tashkil etadi.

2. Sanani xato yozish
Aksar oʻzbeklar sanani kun, oy, yil tartibida yozib qoʻyadi – 29-yanvar 2024-yil tarzida. Bu usul oʻzbek tilining uslubiga xos emas. Oʻzbek tilida sana aytilganda avval yil, keyin kun, keyin oy aytiladi. Shuning uchun 2024-yil 29-yanvar, deya yozish toʻgʻri boʻladi.

3. Sanani xato qisqartirish
Koʻpchilik sanani kun, oy, yil tarzida qisqartirar ekan – 29.01.2024. Bu Britaniya ingliz tilisi yoxud rus tili uslubi hisoblanadi. Ularning ogʻzaki nutqida ham avval kun, keyin oy, keyin yil aytiladi. Qisqartirishlari ham shunga hamohang. 01.29.2024. deya qisqartiradiganlar esa Amerika ingliz tilisi qoidasiga amal qilishlarini bilishmasa kerak.

Oʻzbek tilida avval yil, keyin kun, keyin oy aytilar ekan, qisqartirish ham shunga mos boʻlishi kerak – 2024.29.01. Bunday qisqartirish usuli amalda ekanini Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan 2020-yilda chop etilgan “Davlat tilida ish yuritish” amaliy qoʻllanmasidan bilib olsa boʻladi. Istalgan hujjat ostiga qoʻyilgan sanan yil, kun, oy tartibida.

Koʻpchilik ona tili darslarida sanani soʻz bilan yozish majburiymi deb soʻraydi, shaxsan men bunday tartibga duch kelmaganman. Oʻqituvchi nimani istasa shuni qilaveradi. Soʻz bilan yozilsin, degan tartib biror hujjatda koʻrsatilmagan. Tavsiya etilgan boʻlishi mumkin (fan xususiyatidan kelib chiqib). Lekin men har doim qisqartmasidan foydalanaman va buni fojia deb hisoblamayman.

Shokir Tursun qarashlari