Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi tashkil etilganligi munosabati bilan maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida yana qisqartirishlar bo'ladi.
Bu haqda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2024-yil 12-fevral kungi 38-sonli buyrug'ida ma'lum qilindi.
Unga ko'ra 2024-yil 13-fevraldan:
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi Qoraqalpog'iston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Toshkent shahar hamda viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalaridan jami 16 ta shtat birliklari qisqartiriladi.
Bunda qisqartirilgan shtat birliklari “Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisiga o'tkaziladi.
Qisqartirilayotgan shtat birliklari quyidagilar:
➖ Sog'lom ovqatlantirishni tashkil etish va tibbiy xizmat ko'rsatishni muvofiqlashtirish sho'basi yetakchi mutaxassisi;
➖ O'quvchilarda zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirishni muvofiqlashtirish sho'basi bosh metodisti.
Eslatib o'tamiz, Prezidentning PQ-176-son qaroriga muvofiq 2024-yil 1-avgustdan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tuzilmalaridan yana 222 ta shtat birliklari qisqarishi kutilyapti.
@xalqtaliminfo