Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining 2024-yil 7-fevraldagi 32-son buyrug'iga ko'ra, ommalashtriishning yangi tartibi belgilandi.
Eskisidan farqli, yangisida metodik ishlar uchun ovoz yig'ish amaliyoti bekor qilindi. Uning o'rniga platformaga yuborilgan ishlar Metodik xizmat koʻrsatish boʻlimining tegishli fanlar bo‘yicha Oʻquv metodik kengashi tomonidan oʻrganib chiqiladi va maksimal 80 ball bilan baholanadi.
Bunda, 50-65 ball bilan baholangan metodik ishlar tuman (shahar) miqyosida,
66-80 ball bilan baholangan metodik ishlar viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida ommalashtirilgan deb hisoblanadi va sertifikat olish uchun ommalashtirish.uz platformasi orqali Respublika taʼlim
markaziga yuboriladi.
Shundan 75-80 ball bilan baholangan metodik ish respublika miqyosida ommalashtirish uchun tavsiya etiladi.
Ommalashtirish jami 3-bosqichda tashkil etiladi:
1-bosqich: Ta'lim tashkiloti (maktab) har o'quv yili boshidan 1-martga qadar metodik ishni Pedagogik kengashga tavsiya etadi.
20-martga qadar Pedagogik kengash qarori bilan maktab miqyosida ommalashtiradi va keyingi bosqichlarga tavsiya etadi.
2-bosqich: platformaga joylangan ish 20-mayga qadar metodik kengash tomonidan o'rganib chiqiladi va baholanadi.
3-bosqich: Respublika ta'lim markazi har yili 25-mayga qadar Tuman (shahar), viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) miqyosida metodik ishi ommalashtirilgan talabgorlarga sertifikat beradi.
Har yili 5-iyunga qadar Respublika miqyosida ommalashtirishga tavsiya etilgan metodik ishni oʻrganib chiqadi va sertifikat beradi.