Metodni qo’llash:
➖O’quv mashg’ulotida ushbu metoddan foydalanishda o’quvchi ishtirokchilar uchun bosh kiyim (kepka) va 1 dona qalin kalava ip kerak bo’ladi.
➖O’quvchilar doskaga chiqariladi va doira shaklida turishadi. Har bir o’quvchiga mavzu yuzasidan o’quvchilar tomonidan oldindan tayyorlangan savollar beriladi (savollar o’qituvchi tomonidan tekshirilgan bo’lishi shart).
➖Savolni bergan o’quvchi doiradagi boshqa bir o’quvchiga ip koptokni otadi. Ip koptokni ilib olgan o’quvchi savolga javob berishi va o’zi oldindan tayyorlagan savolini boshqa bir o’quvchiga ip koptok bilan birga uzatishi kerak.
➖Har bir savol yuzasidan o’quvchilardan ketma-ketlikda javob olinadi. Savol-javob paytida kalava ip o’quvchilar qo’liga o’ralib boriladi.
➖Fikrlar bildirishda uzoq vaqt to’xtab qolgan yoki javoblari umuman to’xtagan o’quvchi bosh kiyimini yechib, o’yindan chiqarilganiga ishora qilinadi va ip koptok bu o’quvchiga otilmaydi.
➖Savol-javob oxirida qolgan yagona o’quvchi g’olib hisoblalanadi.
➖O’yin yakunida o’qituvchi har bir kalava ipning o’quvchi qo’lida qolgan soniga qarab ularni baholaydi.
Manba: @trm_metodika