Oʼquvchini sinfdа qаytа oʼqishgа qoldirib yuborsа boʼlаdimi?
Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz

Savol: “Dars mashgʼulotlaridan oʼzlashtirishi past boʼlgan oʼquvchilarimiz bor. Qancha urinmaylik ular ijobiy tomonga oʼzgarmayapti. Fanlarni umuman mensimay qoʼyishgan. Jazo tariqasida shu oʼquvchilarni sinfda qoldirib yuborsak boʼladimi?”

✅Javob:
Ha, albatta, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan «Umumiy oʼrta taʼlim toʼgʼrisida»gi nizomga koʼra oʼquvchilarning sifatli bilim olishini va ularni umumiy oʼrta taʼlimning davlat taʼlim standartlariga mos holda oʼqitish natijalarini nazorat qilishni taʼminlash maqsadida umumtaʼlim muassasalarida joriy, oraliq, bosqichli va yakuniy nazorat imtihonlari oʼtkaziladi.

Umumtaʼlim muassasalarining V-IX sinf oʼquvchilari tegishli fanlardan bosqichli nazoratlarni muvaffaqiyatli topshirganlaridan soʼngina ularni keyingi sinfga oʼtkazishga qaror qilinadi.

Shuningdek, maktab bitiruvchi oʼquvchilari uchun ham umumiy oʼrta taʼlim dasturlarini toʼliq oʼzlashtirgandan keyin yakuniy attestatsiyadan oʼtish majburiy hisoblanadi. Maktab bitiruvchilarining bilimi, malaka va koʼnikmalariga qoʼyilgan talablarning bajarilishi boʼyicha yakuniy attestatsiya yozma, ogʼzaki yoki test usulida har bir fanning amaldagi oʼquv dasturi asosida oʼquv yilining yakuni boʼyicha oʼtkaziladi.

Taʼlim dasturlarini davlat taʼlim standartlari talablari darajasida oʼzlashtirgan va oʼquv fanlaridan yil yakuni boʼyicha ijobiy baholangan, yoki bitta oʼquv fanidan qoniqarsiz baholangan bitiruvchilar maktab pedagogik kengashi qaroriga asosan yakuniy attestatsiyaga qoʼyiladilar.

Xalq taʼlimi vazirining 2008-yil 4-martdagi 56-sonli buyrugʼi bilan tasdiqlangan “Umumiy oʼrta taʼlim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi toʼgʼrisida”gi nizomnga koʼra, bir yoki ikki fandan oʼtkazilgan yakuniy attestatsiyada qoniqarsiz baho olgan bitiruvchilarga oxirgi yakuniy attestatsiyadan keyin ikki hafta oʼtgach qoniqarsiz baho olgan fanidan qayta yakuniy attestatsiyadan oʼtish huquqi beriladi.

Yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga koʼra, umumiy oʼrta taʼlim davlat taʼlim standartlari talablarini bajarmay, “qoniqarsiz” baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta oʼqishga qoldiriladi.