Quyidagi pedagog xodimlar diagnostika testlarida ishtirok etmaydi
✅ Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tegishli buyrug'i bilan o‘qituvchilar 4–15-dekabr kunlari o‘zlari dars beradigan asosiy fan bo‘yicha test topshirishadi.
✅Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining 2023-yil 14-noyabrdagi 540-sonli buyrug'iga muvofiq tashkil etiladigan diagnostika testlarida quyidagi toifadagi pedagog xodimlar ishtirok etmaydi:
—Maktab direktori;
—Direktorning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari;
—Direktorning o'quv-ishlari bo'yicha o'rinbosari;
—Shuningdek, boshqa toifadagi rahbar xodimlar;
—Maktabda dars berayotgan talabalar;
—Jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari
—Tojik, Qozoq, Qirg'iz, va Turkman tili va adabiyoti fani o'qituvchilari.
Maktabning rahbar xodimlari (direktor, direktor o‘rinbosarlari va boshqalar ...) agarda o‘zlarining mutaxassislik fani bo‘yicha dars soatlari mavjud bo‘lganda ular ham amalda dars o‘tadigan fanlari bo‘yicha diagnostikadan o‘tishlari kerak.