O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Davlat va huquq asoslari fanidan "Konstitutsiya-bosh qomusimiz" nomli onlayn olimpiada tashkil etilmoqda.


Olimpiadada 8-9-10-11-sinf  o‘quvchilari  ishtirok etishi mumkin.


8-sinf o‘quvchilari uchun - 5-dekabr;
9-sinf o‘quvchilari uchun - 6-dekabr;
10-sinf o‘quvchilari uchun - 7-dekabr;
11-sinf o‘quvchilari uchun - 8-dekabr
kunlari soat 10:00 dan 19:00 ga qadar oo.uzedu.uz tizimiga kirib ushbu onlayn olimpiadada ishtirok etishlari mumkin. 20 ta test topshirig‘ini bajarish uchun 1 soat vaqt beriladi.


✅Olimpiada natijalari va QR-kodli ishtirokchi sertifikatlarini o‘quvchilar  1 kundan so'ng tizimda ko‘rishlari va yuklab olishlari mumkin bo'ladi.


Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tish shart! https://oo.uzedu.uz/Account/SignIn


Ushbu onlayn olimpiadada reyting shakllantirilmaydi.
Onlayn olimpiadalarda ishtirok etish mutlaqo bepul.