Ish haqi kechiktirilgan har bir kun uchun kompensatsiya to‘lanishi kerak - Adliya vazirligi

✅Ish haqi bayramdan oldin to‘lanishi kerak. To‘lov muddatidan kechiktirilgan har bir kun uchun Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasining 10 foizi miqdorida kompensatsiya to‘lanishi kerak.

✅ Masalan, 3 million so‘m ish haqi misolida tushuntirib o‘tamiz:
1) Markaziy bankning 14% qayta moliyalash stavkasi – 420 000 so‘m;
2) 10% kompensatsiya stavkasi – 42 000 so‘m.

✅Shunday qilib, ish haqini to‘lash kechiktirilgan har bir kun uchun ish beruvchi sizga qo‘shimcha 42 000 so‘m to‘lashi shart.