5-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev toshkentlik saylovchilar bilan saylovoldi uchrashuvida “ziyolilarimiz, keng jamoatchiligimiz bilan bamaslahat, lotin yozuviga asoslangan alifbomizni takomillashtirish boʻyicha ishlarni yakuniga yetkazishimiz zarur” deya taʼkidlagan edi.
Ayni daqiqalarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan respublika ilmiy-nazariy konferensiya” boʻlib oʻtmoqda.
Konferensiyada taklif sifatida Ishchi guruh tomonidan 28 ta harf, 1 ta harflar birikmasi va tutuq belgisidan tarkib topgan takomillashtirilgan alifbo loyihasi eʼlon qilindi. Bu haqda OʻzA muxbiri xabar bermoqda.
Bunda quyidagi 4 ta harf shaklini biroz oʻzgartirish taklif etilmoqda:
Oʻ => Õ õ
Gʻ => Ğ ğ
Ch => S s
Sh => Ş ş