Avgust oyida pedagoglarga daftar tekshirish hamda informatika kabineti mudirligi uchun pul to‘lanmaydimi?
Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz

Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘grisida”gi 275-sonli qarorining 4-bandida bu haqda aniq qoida qayd etilgan.

 


Unga ko‘ra, o‘qituvchilar yozgi yillik mehnat ta’tilidan qaytgandan keyin ularga yangi o‘quv yili boshlangunga qadar daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik hamda informatika kabineti mudirligi uchun qo‘shimcha haq to‘lovlari amalga oshirilmaydi.

 


Shu sababli avgust oyida daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik hamda informatika kabineti mudirligi uchun ko‘shimcha haq to‘lanmaydi.


Ulug'bek Po'latov