Oyliklar qaysi sohalarda eng ko'p va eng kam to'lanayotgani ma'lum bo'ldi.
Statistika agentligi O'zbekistonda o'tgan yarim yil davomida nominal hisoblangan o'rtacha oylik ish haqi bo'yicha dastlabki ma'lumotlarni ochiqladi. Unga ko'ra, mamlakatda yanvar—iyun oylarida o'rtacha oylik ish haqi 4,3 million so'mni tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan 22 foizga o'sgan.
✅ O'rtacha oyliklar yuqori hududlar:
Hududlar bo'yicha o'rtacha oylik ish haqining eng yuqori ko'rsatkichlari:
➡️ Toshkent shahrida (7 million so'm);
➡️ Navoiy viloyatida (5,7 million so'm);
➡️ Toshkent viloyatida (4,3 million so'm);
➡️ Andijon viloyatida (3,7 million so'm);
➡️ Buxoro viloyatida (3,7 million so'm) kuzatildi.
✅ Eng ko'p va kam oylik olayotganlar:
Agentlik hisob–kitoblariga ko'ra, respublikada eng yuqori oylik olayotganlar moliya va sug'urta sohasi xodimlari bo'lib, ularga o'rtacha 12,4 million so'm oylik to'langan. Keyingi o'rinlarda
➡️ axborot va aloqa (9,5 million so'm);
➡️ tashish va saqlash (6,4 million so'm);
➡️ sanoat sohasi (5,4 million so'm)
xodimlarining oyliklari o'rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko'rsatkichni tashkil qilgan.
Ta'lim (3 million so'm) hamda sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish (2,8 million so'm) sohalari esa boshqa sohalarga nisbatan eng quyi pog'onalarda ekanligini ko'rish mumkin. Tahlillarga qaraganda, bundan 4 yil ilgari (2019 yilda) ta'lim sohasidagilar o'rtacha 1,7 million so'm, sog'liqni saqlash mutaxassislari 1,4 million so'm oylik olgan.