Maktablarda 2022-2023-o‘quv yilini yakuniga bag'ishlangan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ertaga - 25-may kuni bo‘lib o'tadi.
Vazirlik tavsiyalariga ko‘ra:
"So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari soat 8:00 dan 9:00ga qadar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etiladi;
unga faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf o‘quvchilari jalb etiladi;
maktab hududiga texnika vositalari va begona shaxslar kiritilmaydi (ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bundan mustasno);
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini, nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda, ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul yig‘imlariga yo‘l qo‘yilmaydi.