Ingliz tilini o'rganishda poytaxtdagi Top 5 o'quv markazlarida kurs narxi qancha?
Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz

O'zbekistonda ingliz tilini o'rganish har yili ommalashib bormoqda. Shuning uchun o'quv markazlarini deyarli har bir burchakda topish mumkin. 

Biz eng yaxshi o'quv markazlarida o'qish narxini ko'rib chiqamiz:

 — "INTER NATION" 2013-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda Toshkentda sakkizta filial faoliyat ko'rsatmoqda ekan. Kurs narxi oyiga 780 ming so'm;

— "Cambridge Learning Centre" Toshkentda jami 8 ta filialga ega. 8 yil ichida ushbu o'quv markazida 45000 dan ortiq kishi bitirgan. Bir oylik o'qish narxi 700 ming so'm.

— "Пять с плюсом" o'quv markazining Toshkentda faqat 1 ta filiali bor. Bir oylik o'qish narxi 720 ming so'm.

— "THOMPSON SCHOOL" Ushbu ta'lim markazi Toshkentda 6 ta filialga ega. Bir oylik o'qish narxi 690 ming so'm ekan.

— "KING'S ACADEMY" markazi 2015 yilda tashkil etilgan va jami 2 ta filialga ega. Bir oylik o'qish narxi 750 ming so'm.