Video yo‘riqnoma: Jurnalni qanday to‘ldirish kerak?
Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz

Dars, uy vazifasi yoki yakuniy baholarni qo‘yish uchun:
•“Ta’lim” yorlig‘ida “Jurnallar” kichik yorlig‘iga o‘tamiz;
•“Jurnallar” sahifasida “Darslar” yorlig‘ida sinfni tanlaymiz;
•So‘ngra fanni tanlaymiz, masalan, “Algebra”

•Tayyor!
⠀
Nimani yodda tutish muhim?
•Darsda bitta katakka faqatgina bitta baho qo'yish mumkin
•Jurnaldagi qatordan qatorga o‘tish “Enter” tugmasi, shuningdek, “yuqoriga” va “pastga” ko‘rsatkichlari yordamida amalga oshiriladi. Katakdan katakka o‘tish chap va o‘ng ko‘rsatkichlar yordamida amalga oshiriladi.
•Bitta katakda siz bir vaqtning o‘zida ham baho, ham belgi qo‘yishingiz mumkin. Ma’lumotlar bo‘sh joysiz kiritiladi. Agar o‘quvchi kechikkan bo‘lsa, baho va belgi qo‘yilishi muhim. Masalan: kq5, kq4 yoki kq3. Agar o‘quvchi darsga kelmagan yoki kasal bo‘lsa, baho va belgi qo‘yilishi mumkin emas.
•Agar chorak uchun predmet baholanmagan bo‘lsa, “Chorak” ustuniga OZ kichik harflar bilan yozamiz - oz.