?Bugun kundalik hayotimizda “feedback” (“fidbek”) iborasi tez-tez uchrab turadi.
✳️ Masalan, siz maqola chop ettirdingiz, yoki yangi mahsulot ishlab chiqdingiz, jamoatchilikning unga bo‘lgan fikri, mulohazasi, javoban bildirilgan munosabati “feedback” deb ataladi.
⚠️ Bu har doim ham “tanqid” degani emas. Yoki, agar tanqid qilinmasa, bu fidbek boʻlmaydi deyish notoʻgʻri.
? G‘arb universitetlarida bir ibora bor: Har bir talabaga “feedback” kerak, tanqid yoki hukm emas❗️
??Every student needs feedback, not criticism or judgment ❗️
✅ Chunki o‘rni kelganida, hurmat va izzat bilan berilgan munosabat uni qabul qiluvchiga oʻziga xos “yoʻl-yoʻriq” sifatida foydali boʻlishi mumkin.
? Bunday “feedback” yoʻl qoʻyilgan xatolarni tuzatuvchi vosita ham boʻlishi mumkin.
☝️ Shuning uchun, konstruktiv fikrlaydigan insonlar “feedback” berganida, talaba ham uni konstruktiv qabul qilishi kerak.