O‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish bo‘yicha yangi tartib
1. Buyruq va platforma:
-
MMTV 2026-yil 27-fevraldagi 84-sonli buyrug‘i bilan yangi tartib tasdiqlandi.
-
Eski platforma faoliyati tugatiladi, yangi ommalashtirish.avloniy.uz platformasi ishga tushadi.
2. Hujjatlarni yuklash muddati:
-
Metodik ishlarni platformaga joylashtirish: 20-mart – 10-aprel.
-
Tavsiya etilgan yuklash kunlari: 1–2 aprel (tizimni ortiqcha yuklamaslik uchun).
3. Maktab miqyosidagi ommalashtirish:
-
Metodik ish avvalo Pedagogik kengash qarori bilan maktabda ommalashtiriladi.
-
Bu jarayon 20-martgacha amalga oshirilishi kerak.
4. Yuklanishi kerak bo‘lgan hujjatlar:
-
Pedagogik kengash qarori nusxasi
-
Metodik ishning elektron nusxasi: PDF va DOCX formatida
-
Talabgor ma’lumotnomasi va diplom nusxasi (zarur bo‘lsa qayta tayyorlov sertifikati)
-
Plagiat xulosasi (antiplagiat.avloniy.uz yoki boshqa tizimdan, kamida 70% original)
-
Mutaxassislar tomonidan berilgan ijobiy taqriz
-
Mualliflarning yozma roziligi (agar bir nechta muallif bo‘lsa)
5. Rad etish holatlari:
-
Hujjatlar to‘liq taqdim etilmasa yoki talabga javob bermasa, metodik ish ko‘rib chiqilmaydi va rad etiladi.
6. Ekspertiza bosqichlari:
-
1-bosqich: Texnik ekspertiza (Institut va hududiy pedagogik mahorat markazlari mutaxassislari):
-
Talablarga mosligi
-
Hujjatlarning to‘liqligi
-
Plagiat xulosasi mavjudligi
-
Platformaga to‘g‘ri joylashtirilganligi
-
-
Texnik ekspertizadan o‘tmagan metodik ishlar keyingi bosqichga o‘tkazilmaydi.
7. Muhim yangilik:
-
Endilikda barcha metodik ishlar plagiat xulosasi bilan birga platformaga yuklanishi majburiy.
Ommalashtirish bo'yicha buyruq va nizom ➡️ Yuklab olish
Baholash mezoni ➡️ Yuklab olish