
➡️Mehnat ta’tili puli (otpusknoy) qanday hisoblanadi?
Sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun to‘lovlar o‘qituvchilarga mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga (1 271 000 so‘m) nisbatan foiz hisobida to‘lanadi.
➡️➡️Hozirgi kunda sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun qancha to‘lanadi?
1-avgustdan sinfdagi o‘quvchilar soniga ko‘ra sinf rahbarligi uchun:
– 15 nafar o‘quvchigacha – 26,4 foiz (335 544 so‘m);
– 16 nafardan 20 nafar o‘quvchigacha – 31,6 foiz (401 636 so‘m);
– 21 nafardan 25 nafar o‘quvchigacha – 36,9 foiz (468 999 so‘m);
– 26 nafardan 30 nafar o‘quvchigacha – 42,1 foiz (535 091 so‘m);
– 31 nafar va undan ko‘p o‘quvchi bo‘lganda – 52,8 foiz (671 088 so‘m).
➡️➡️Hozirgi kunda sinf rahbarlik va daftar tekshirish uchun qancha to‘lanadi?
Daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun (o‘quvchilar ikki guruhga bo‘lib o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha ham) sinfdagi o‘quvchilar soni 15 nafargacha bo‘lganda – 8,8 foiz (111 848 so‘m), 15 nafar va undan ortiq bo‘lganda – 17,6 foiz (223 696 so‘m).
Informatika kabineti mudirligi uchun – 17,6 foiz (223 696 so‘m).