11-sinf ona tili va adabiyot fanidan imtihon oʻtkazish tartibi

✅ Imtihon uchun tavsiyaning har bir varianti ikki qismdan iborat boʻlib, shakli va murakkablik darajasi turlicha boʻlgan 20 ta topshiriqni oʻz ichiga oladi.


1-qism 15 ta qisqa javobli topshiriqdan tashkil topgan. Bunda javob bitta son, bosh  harf  bilan  yozilgan  javob  yoki  moslashtirilgan  jadval  koʻrinishida  berilishi kerak.
2-qism kengaytirilgan javobli  5 ta  topshiriqni  oʻz  ichiga  oladi,  berilgan topshiriqqa asosli dalillar bilan batafsil hamda ijodiy fikr yuritib, yozma javob beradi.


✅ Har bir imtihon biletining savol va topshiriqlari fan kesimida  boʻlib, umumtaʻlim  maktablarning  fonetika,  orfografiya,  leksikologiya,  morfologiya, sintaksis, punktuatsiya, uslubiyat, shuningdek, adabiyot hamda adabiyot nazariyasi sohalarini qamrab olgan. Tavsiyada bilish, qoʻllash  va  mulohazaga  oid savol va topshiriqlar boʻyicha baholash mezonlari keltirilgan.


✅O‘quvchi bitta biletni tanlab oladi. Biletda oʻquvchiga 20 ta (12 ta ona tili, 8 ta adabiyot) savol taqdim etiladi: 5 ta savol (3 ta ona tili, 2 ta adabiyot) bilishga, 13 ta savol (8 ta ona tili, 5 ta adabiyot) qoʻllashga va 2 ta savol (1 ta ona tili, 1 ta adabiyot) mulohazaga oid. Bilet savollariga javob berishi uchun 180 daqiqa vaqt beriladi.


Oʻquvchilarning yozma ishlari ona tili va adabiyot 100 ball asosida baholanadi. Har bir topshiriq uchun belgilangan balldan yuqori ball qoʻyish mumkin emas. Javoblar varaqasini toʻldirish shartlari:


➡️ Moslikni aniqlashga doir topshiriqlarda har bir boʻsh katakka faqat bitta harf (bosma harfda) yoki raqam ortiqcha belgilarsiz yozilishi kerak, aks holda, 0 ball qoʻyiladi.


➡️Qisqa javobli  topshiriqlarning javoblari faqat raqamlarda va topshiriqda soʻralgan tartibda (bosma harflarda) yozilishi shart, aks holda, 0 ball qoʻyiladi.


➡️Kengaytirilgan javobli  topshiriqlar baholovchi fan ekspertlari tomonidan belgilangan mezonlar asosida tekshiriladi. Har bir topshiriq uchun batafsil baholash mezonlari  berilgan  boʻlib,  unda  har  bir  ball  (noldan  maksimal  ballgacha)  qanday holatda qoʻyilishi aniq koʻrsatiladi.