Vazirlik xodimi: Tizim xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazildi, endi 70 foizlik ustama beriladi

Pedagoglarni attestatsiyadan o’tkazish tizimi xalqaro akkreditatsiyadan o’tkazildi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining boshqarma boshlig’i Sardor Raximboyev ma’lum qildi.



Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Sardor Rajabov AOKA da bo’lib o’tgan matbuot anjumanida tizim xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgandan keyingina, oliy va birinchi malaka toifasini olgan (yoki saqlagan) hamda 86 ball va undan yuqori natijani qayd etgan pedagoglarga 70 foizlik ustama to’lanishi haqida ma’lumot bergan edi.

 


Pedagoglarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil qilish boshqarmasi boshligʻi Sardor Raximboyev Xalqtaliminfo.uz direktori bilan bo’lgan intervyusida ushbu tizim xalqaro akkreditatsiyadan o’tkazilgani va bahorgi attestatsiyadan boshlab 86 va undan yuqori natijalarni qayd etgan pedagoglarga yangi olgan toifasi boʻyicha haq toʻlash boshlangan paytdan boshlab 70 foizlik ustama ham toʻlanishini ma’lum qildi. 
 

 

“Markaz ekspertlari bilan to’liq akkreditatsiyadan o’tkazildi va Amerika tashkiloti tomonidan tasdiqlandi.
Prezidentning “Tizimni aprel oyigacha xalqaro akkreditatsiyadan o’tkazish” bo’yicha topshiriqlari bor edi. Bu topshiriqni bajarishga biz majburmiz, bajarilishiga shubha qilish mumkinmas. Bu topshiriq bajarildi va pedagoglarga hozir o’tkazilayotgan attestatsiya natijalari bo’yicha 70 foizlik ustama beriladi”, – deydi Sardor Raximboyev