Qanday hollarda
Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz

Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 fevraldagi 71-sonli qaroriga muvofiq, vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik to‘g‘risidagi nafaqa ayrim hollarda ish haqining to‘liq miqdorida — 100% hisobida to‘lanadi.


Bunday huquq quyidagi shaxslarga beriladi:


➖Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilganlar;


➖Xalqaro janglarda ishtirok etganlar;


➖Qaramog‘ida 16 yoshgacha (o‘quvchilar uchun — 18 yoshgacha) bo‘lgan 3 va undan ortiq farzandi mavjud xodimlar;


➖Chernobil fojeasida ishtirok etganlar yoki uning oqibatlaridan jabrlanganlar;


➖Yadroviy poligonlarda xizmat qilgan va nogironlikka uchragan pensionerlar;


➖Ish jarayonida jarohat olgan yoki kasb kasalligiga duchor bo‘lganlar.

Pedagoglar uchun muhim:
Agar sizning qaramog‘ingizda 3 nafar 16 yoshga to‘lmagan farzandingiz bo‘lsa, sizga vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik puli (ish haqingiz) 100% miqdorida to‘lanadi.