✅ Fuqarolarning umumiy o'rta ta'lim olish bo'yicha konstitutsiyaviy huquqini ta'minlash maqsadida turli sabablarga ko‘ra umumiy o‘rta ta’limni tugatmagan fuqarolarga eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasini topshirish imkoniyati beriladi.
✅ Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi tegishli qarori bilan tasdiqlangan Reglamentga muvofiq:
➖ eksternat tartibida yakuniy davlat attestatsiyasida ishtirok etish uchun arizalar joriy yilning 1-martidan 1-mayiga qadar (shu kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali qabul qilinadi.
Ariza berish uchun maktab yoki hududiy bo‘limlarga borish shart emas.
Mazkur davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.
➖ Bu muhim! Fuqarolar hozirda doimiy (yoki vaqtinchalik) yashayotgan hududdagi eksternat maktabga onlayn ariza yuborishlari mumkin.
➡️Eksternat tartibidagi yakuniy davlat attestatsiyasi o'tkaziladigan maktablar ro'yxati bilan quyida tanishishingiz mumkin.
➡️Мактаблар рўйхати