Eng
Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz

O‘qituvchi tomonidan beriladigan ba’zi savollar ta’lim jarayonining samaradorligini pasaytiradi va o‘quvchilarning bilim olish bilan bog‘liq motivatsiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ularga quyidagilar kiradi:

 

???? Zanjirband savollar

O‘qituvchining ketma-ket savol yog‘dirishi o‘quvchilarga na o‘ylashga, na javob berishga vaqt beradi. Bu o‘quvchining tezkorlik uchun fikrlamay  qo‘yishiga olib keladi.


???? Chaqiriq savollar

O‘qituvchi o‘quvchilardan o‘zining fikriga qo‘shilishlarini talab qiluvchi,  chaqiriq shaklidagi bunday savollar ham bolalarning darsdan bezib qolishiga sabab bo‘ladi. Bu shakldagi savollarning mohiyatida yashirin tarzda o‘z fikr-mulohazasini boshqalarga singdirish yotadi. O‘qituvchi suggestiv savollar berish bilan o‘quvchidan tayyor javobni kutishi natijasida bolalarda kreativ javob qaytarish, mavzu doirasida mustaqil fikrlash imkoni bo‘lmaydi.


???? Qalbaki savollar

Orqasida tanbeh yoki maqtov, ironiya yoki kesatiqlarni yashirib yuruvchi qalbaki savollar o‘quvchi ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolada o‘ziga nisbat ishonchsizlikni kuchaytiradi.


???? Sadosimon savollar

Ko‘plab o‘qituvchilarga o‘quvchi bergan javobni qaytarish odat bo‘lib qolgan. Lekin qaytarilayotgan gap savol shaklida takrorlanadi.


???? Qopqon savollar

Biror o‘quvchini sharmanda qilish uchun berilgan savollar


???? Ritorik (javobi yo‘q) savollar

O‘qituvchi savolga javob qaytarish uchun yetarli vaqt bermasa u o‘zi anglamagan holda ritorik savol berayotgan bo‘ladi. Dars davomida uslub sifatida ishlatiladigan bunday savol tinglovchilarning e’tiborini kuchaytiradi. Biroq dars davomida ritorik savollarning me’yordan ortiq takrorlanishi o‘quvchilarning passivligiga olib keladi.