Yangi yil bayramida oʻzbekistonliklar necha kun dam olishadi?

Bu yilgi Yangi yil bayramida besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar ketma-ket 5 kun, olti kunliklar 4 kun dam olishadi.


Quyidagi kunlar dam olish kuni hisoblanadi:

28-dekabr, shanba — haftasiga 6 kun ishlaydiganlar uchun ish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;

29-dekabr, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni;


30-dekabr, dushanba — 6 kunliklar uchun qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun 14-dekabr – shanba kunidan koʻchirilgan dam olish kuni.


31-dekabr, seshanba — Prezident farmoni asosida barcha xodimlar uchun qoʻshimcha dam olish kuni;

 
1-yanvar, chorshanba — Yangi yil bayrami, dam olish kuni.
 

Eslatma! 14-dekabr (shanba) — ish haftasining turidan qatʼi nazar barcha xodimlar uchun ish kuni.