Bolasini maktabga jo‘natmaydigan ota-onalar qancha jarima to‘laydilar?

Bolani maktabga yubormaydigan ota-onalar 6 mln so‘mdan ortiq jarima to‘lashi mumkin.

Qonunchilikka ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik 412 ming so‘mdan 2 mln 60 ming so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

 

Shuningdek, bolalarning majburiy umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishiga ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar tomonidan to‘sqinlik qilish BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (4 mln 120 ming so‘mdan 6 mln 180 ming so‘mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.