Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida musiqa madaniyati fani oʻqitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan oʻqituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

“Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovi gʻoliblari xorijiy davlatlarga taʼlim sayohatiga yuboriladi

✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida musiqa madaniyati fani oʻqitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan oʻqituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra;


2025-yil 1-martdan boshlab:

➖ musiqa madaniyati fani oʻqituvchilari uchun nazariy va amaliy taʼlim asosida malaka oshirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi;


2025-yil 1-sentabrdan boshlab:

➖ Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining belgilangan oʻquv dasturlarini toʻliq yakunlagan, 11-sinfni tugatganligi toʻgʻrisida umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnomaga ega boʻlgan bitiruvchilarga “Barkamol avlod” bolalar maktablarida toʻgarak rahbari sifatida ishlash huquqi beriladi;


2025-2026-oʻquv yiliga qadar:

➖ musiqa madaniyati fani oʻqituvchilari uchun bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash boʻyicha milliy baholash tizimi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi;


2025-yil 1-apreldan boshlab:

➖ “Turon maktab teatri”ning ijobiy tajribasi asosida maktablarda “Iqtidor” havaskorlar badiiy jamoalari tashkil etilib, jamoalar oʻrtasida “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovi oʻtkaziladi. Tanlovning respublika bosqichi gʻoliblari xorijiy davlatlarga taʼlim sayohatiga yuboriladi.


Shuningdek, ushbu qarorga muvofiq:

➖ maktablarning musiqa madaniyati fani oʻqituvchilariga uslubiy yordam koʻrsatish boʻyicha Bolalar musiqa va sanʼat maktablari tayanch sifatida belgilanadi;

➖ Bolalar musiqa va sanʼat maktablari oʻqituvchilari maktablarning musiqa madaniyati fani oʻqituvchilariga uslubiy yordam koʻrsatib boradi;

➖ musiqa madaniyati fani oʻqituvchilariga 2 bosqichda toifa berish tartibi ishlab chiqiladi va birinchi bosqich (test jarayonlari) Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan, ikkinchi bosqich (amaliy (ijodiy) imtihon Madaniyat vazirligi tomonidan tashkil etiladi.