Mushki anbar nima ekanini hamma bilsa kerak, ammo, uning qanday paydo bo‘lishi hammaga ham ma’lum emas.

Urg‘ochi oxu quralayni tuqqach, qornining pastki qismida bir shish paydo bo‘ladi. U vaqt o‘tishi bilan kattayib, rasmdagi tusga kiradi va oxuga og‘riq bera boshlaydi. Shu payt ona oxu undan qutilmoq uchun daraxtga ishqalanadi. Ishqalanish natijasida pishib yetilgan "shish" uzilib yerga tushadi.

Uni topib, ochilsa ichidan yog‘ga o‘xshash, ammo, nihoyatda xushbo‘y hidli modda chiqadi. Ana shu mushki anbar deyiladi.

 

Manba: @konspektor