Matbuot anjumanida ko‘p muhokama bo‘ladigan navbatdagi masala – maktab formasi bo‘yicha ham savol berildi.
“Bugungi kunda maktab formasi bilan bog‘liq masalalar ko‘p muhokama qilinmoqda. Bilamizki, oʻquvchilarning maktab formasi va uni kiyishga boʻlgan yagona talablar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi 666-sonli qarori bilan tartibga solingan.
Shuningdek, vazirlikning 2023-yil 31-avgustdagi 282-sonli buyrugʻi bilan oʻquvchilarini kiyinish madaniyati boʻyicha oʻz tavsiyalarini barcha maktablarga yetkazgan va shu asosida ular tomonidan ichki tartib-intizom qoidalari ishlab chiqilgan”, deya javob berdi vazir Hilola Umarova.