Metodik kunlar qayta joriy etiladi
Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz

Xabaringiz bor, sobiq Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidovning 2022-yil 5-dekabrdagi 372-sonli buyrug‘i bilan o‘qituvchilarning metodik kunlari, fan oyliklarini o‘tkazish tartibi bekor qilingandi.

 


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.



Unga koʻra 2025-yil 1-yanvardan boshlab pedagog va mutaxassis kadrlar kasbiy rivojlanishining uzluksizligini ta'minlash maqsadida barcha umumiy o'rta ta'lim muassasalarida malaka oshirishning "Kasbiy rivojlanish soati", tayanch umumiy o'rta ta'lim muassasalarida esa, shuningdek, "Kasbiy rivojlanish kuni" kabi shakllari bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Bu haqda xalqtaliminfo.uz manbasi xabar berdi.

 

 

Dushanba – Aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari) fani;


Seshanba – Filologiya fanlari (Ona tili va adabiyot, O‘zbek tili/rus tili);

Chorshanba – Tabiiy fanlar (fizika va astronomiya, kimyo, biologiya, geografiya va iqtisodiyot, tabiiy fan (Science);

Payshanba – Ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya);



Juma – Xorijiy tillar;

Shanba – Amaliy fanlar va boshlang‘ich ta’lim (tasviriy san’at, chizmachilik, musiqa madaniyati, texnologiya, jismoniy tarbiya, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik, boshlang‘ich ta’lim).

Manba: https://xalqtaliminfo.uz