TRKI-III (C1) Sertifikati uchun toifa olishda imtiyoz beradimi?

TRKI-III (C1) Sertifikati uchun toifa olishda imtiyoz berilmaydi

Hukumat qarori (17.09. 2021-yil 572-son) bilan tasdiqlangan Nizomning 36-bandi: Umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarining kamida C1 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega chet (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) tili fani oʻqituvchilariga navbatdagi majburiy attestatsiyada mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash hamda oʻquv fani boʻyicha malaka sinovidan maksimal 80 ball beriladi hamda ular ushbu malaka sinovidan ozod etiladi.

Ayrim ijtimoiy tarmoqlarda oʻtgan yillardagi qaror tarqatilib, oʻqituvchilarda koʻplab savollar tugʻilmoqda. Mazkur sertifikatlar uchun imtiyozlar faqatgina bir marta, 2022-yil yanvar-iyun oylarida oʻtkazilgan attestatsiyalarda berilgan. Undan keyingi davrlar uchun esa tegishli normativ-huquqiy hujjatlar asosida bekor qilingan.