Attestatsiyaga quyidagi usullar bilan ariza topshirish mumkin. Arizalar qabuli hali boshlanmadi

Hukumat qarori bilan pedagoglarga malaka toifalari berishning yangi tartibi belgilandi.

Unga koʻra:
maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazishni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan;

oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazishni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Attestatsiyada ishtirok etadigan pedagoglar:

maktabgacha va maktab taʼlimi sohasi boʻyicha www.pedkadr.uzedu.uz platformasi

oʻrta maxsus va professional taʼlim sohasi boʻyicha www.pedagog.edu.uz platformasi orqali ariza yuborishlari mumkin boʻladi.

Shuningdek, barcha pedagoglar davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali murojaat qilish imkoniyat mavjud.

Avvalgi tartib boʻyicha barcha oʻqituvchilar Taʼlim inspeksiyasi sayti orqali roʻyxatdan oʻtgan. Yangi tartib boʻyicha bu vazifa ikki vazirlik oʻrtasida taqsimlangani yangi platformalarni ishga tushirishda maʼlum vaqt talab qiladi. Arizalar qabuli 15-yanvardan boshlanadi.

Qarorga koʻra arizalarni qabul qilish 1-martga qadar davom etadi. Yaʼni arizalar qabul qilish uchun 2 oyga yaqin muddat bor.