Malaka toifa sinov-testi o'tkazilish sanalari belgilandi
Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz Attestatsiya testlari — test.muallimlar.uz

Malaka toifa berishning yangi tartibi tajriba-sinovdan o‘tkaziladi

Tajriba-sinov jarayonlari 2022-yilgi attestatsiyada nisbatan past ko‘rsatkichlarni qayd etgan tuman va shaharlarda o‘tkazilishi belgilagan.

Umumtaʼlim muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan pedagoglar uchun toifa berishning yangi tartibi asosida o‘tkaziladigan tajriba-sinov jarayonlari 5-7-dekabr kunlari quyidagi tuman va shaharlarda o‘tkaziladi:

1. Xorazm viloyati – Hazorasp tumani;
2. Buxoro viloyati – Olot tumani;
3. Navoiy viloyati – Konimex tumani;
4. Farg‘ona viloyati – Oltiariq tumani;
5. Namangan viloyati – Yangi Namangan tumani;
6. Toshkent shahri – Yangihayot tumani;
7. Samarqand viloyati – Urgut tumani;
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi – Qorauzak  tumani;
9. Andijon viloyati – Andijon shahri va Paxtaobod tumani;
10. Surxondaryo viloyati – Boysun va Sherobod tumanlari;
11. Sirdaryo viloyati – Sayxunobod  va Sirdaryo tumanlari;
12. Jizzax viloyati – Baxmal va G‘allaorol tumanlari;
13. Toshkent viloyati – Bo‘ka va Ohangaron tumanlari;
14. Qashqadaryo viloyati – Qamashi va Chiroqchi tumanlari.

Qayd etish joizki, malaka, sinov aprobatsiyasi natijalaridan test topshiriqlari va tajriba jarayonlari tahlili uchun foydalaniladi.