Yangi tizim faqat tajriba uchun tanlangan 500 ta maktabda sinov tariqasida o'tkazildi.
Taqdimotga ko'ra, hozirgi ikki "2"dan besh "5"gacha bo'lgan metod eskirgan.
Buning o'rniga, "summativ baholash" bilan "mezonlarga asoslangan baholash tizimi" taklif etilmoqda. Bu haqda Kundalik saytida ma'lumot berilgan.
Hozircha ushbu tizim haqida to'liqroq to'htalib o'tilmagan.
Summativ baholash - bu davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturlarida nazarda tutilgan o‘quvchining ma’lum bir o‘quv davridagi kompetensiyalarni o‘zlashtirishini test sinovlari, yozma ish, og‘zaki suhbat, laboratoriya va ijodiy ishlar, shuningdek, amaliy ishlar orqali o‘tkaziladigan baholash jarayoni.
Yig‘ma baholash natijasida o‘qituvchi o‘quvchining bilim olishidagi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni aniqlaydi va ularni bartaraf etish uchun talabalar bilan birgalikda ishlaydi.
#kundalikcom #emaktab #baholash #maktab #shkola #oylik #maosh #maktabtalimi #obrazovaniye