ClimateScience Olympiad 2023: 12-25 yosh boʻlganlar uchun onlayn olimpiada: mukofot jamgʻarmasi 15 000 dollar va gʻoliblar Dubayga bepul safar qiladi!

Climate Science tashkiloti yoshlarni oʻzining ClimateScience Olympiad 2023 dasturida qatnashishga taklif etadi. Olimpiada onlayn tarzda oʻtkaziladi va unda millati, ijtmoiy kelib chiqishidan qatʼi nazar, 12-25 yosh boʻlgan barcha yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Olimpiadada nomzodlar kichik guruh (2 kishilik) yoki individual tarzda ishtirok etishi mumkin. Olimpiadada qatnashish bepul.

Olimpiada ishtirokchilari quyidagi 3 kategoriya boʻyicha alohida baholanadi:

  • 16 yoshgach boʻlganlar.
  • 17-20 yoshlilar.
  • 21-25 yoshlilar.

Ishtirokchilar quyidagi tillardan kamida bittasini bilishi va shu tilda tanlovda qatnasha olishi kerak:

  • ingliz
  • rus
  • nemis
  • ispan
  • fransuz
  • portugal
  • yapon
  • xitoy
  • italyan
  • polyak
  • golland
  • rumin

Grant kimlar uchun?

12-25 yoshlilar uchun

Batafsil ma'lumot uchun link

  Rasmiy havola

Grantning manfaatli jihatlari:

Olimpiada boʻyicha sovrindorlar quyidagicha taqdirlanadi:

  • 1-oʻrin: 5000 AQSh dollar.
  • 2-oʻrin: 3000 AQSh dollar.
  • 3-oʻrin: 2000 AQSh dollar.
  • 4-7-oʻrinlarning har biri: 1000 AQSH dollar.
  • 8-10-oʻrinlarning har biri: 500 AQSh dollar.
  • Eng yuqori natija koʻrsatgan 10 ta ishtirokchi (jamoa)ning har biri oltin medal bilan taqdirlanadi.
  • Kuchli 20 talikkar kirgan ishtirokchi (jamoa)lar kumush medal bilan taqdirlanadi.
  • Final bosqichiga chiqqanlarning barchasi bronza medal bilan taqdirlanadi.
  • Eng yaxshi 10 ta jamoa (ishtirokchi) 2023-yil Dubay shahrida (Birlashgan Arab Amirliklari) boʻlib oʻtadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim sammitida oʻz yechimlari haqida taqdimot qilish imkoniga ega boʻladi. Bunda ishtirokchilarning safar xarajatlari qoplanadi.
  • Olimpiadaning barcha ishtirokchilariga sertifikatlar beriladi.

Talablar:

Nomzod quyidagi talablarga mos boʻlishi kerak;

  • Nomzod istalgan davlar fuqarosi boʻlishi mumkin.
  • Nomzodlar kamida 12 yosh boʻlishi va 25 yoshdan katta boʻlmasligi kerak.
  • Nomzod yuqorida sanalgan tillardan birini bilishi lozim, olimpiada savollari va shartlari shu tillarda boʻladi.
  • Olimpiada yakka tarzda yoki 2 kishilik jamoa boʻlib qatnashish mumkin.
  • Maktablar maktabdagi barcha oʻquvchilar uchun olimpiadani tashkillashtirishi mumkin. Bu haqida olimpiada saytida keyinroq batafsil maʼlumot beriladi.

Dasturga qabul jarayoni:

Bu olimpiadasida qatnashish uchun nomzod olimpiada sahifasida roʻyxatdan oʻtishi zarur. Roʻyxaatdan oʻtish 2023-yil 20-maygacha davom etadi.

Roʻyxatdan oʻtgandan keyin olimpiada qatnashish tartibi quyidagicha boʻladi:

1. Ishtirok huquqi testi (Qualifiers). Roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar olimpiada ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritish uchun 25 daqiqalik onlayn test topshiradi. Bu bosqichda barcha ishtirokchilarga sertifikat beriladi.

Bu bosqichda 1 ta ishtirokchi 3 martagacha qatnashishi (test yechishi) mumkin, shuningdek olimpiadaga oʻzi taklif etgan har bir ishtirokchi uchun yana bir marta test yechish imkoni beriladi. Bu bosqichda 2023-yil 20-maygacha qatnashish lozim. Hozirda (2022-yil dekabr oyi holatiga koʻra) ushbu bosqich boshlangan va qatnashishingiz mumkin.

Bu bosqichda tayyorlanish uchun ilova mavjud, uni telefonga oʻrnatib, mashq qilish mumkin. Ilovaga havolani BU YERDAN topasiz (Qualifiers boʻlimida).

2. Chorak final. Ishtirok etish huquqi testidan eng yaxshi natija koʻrsatgan 10% ishtirokchi chorak finalga oʻtadi. Chorak final ham onlayn tarzda boʻlib oʻtadi va unda ham ishtirokchilar berilgan savollarga javob berishi kerak boʻladi.

3. Yarim final. Yarim finali quyidagi 9 ta mavzuga mos ravishda 3 ta yoʻnalishga qaratilgan boʻladi:

  1. Energy (Energiya) – Clean Energy (toza energiya), Sustainable Transport (barqaror transport), industry (sanoat)
  2. Development (Rivojlanish) – Sustainable Development (barqaror rivojlanish), Sustainable Economics (barqaror iqtisodiyot), Circular Economy (aylana iqtisodiyot)
  3. Natural Systems (Tabiiy tizimlar) – Sustainable Agriculture (barqaror qishloq xoʻjaligi), Biodiversity (bioxilma-xillik), Water Resources (suv resurslari)

Ishtirokchilarga yaxshiroq oʻrganish va tadqiqot olib borish uchun yarim final boshlanishidan 10 kun oldin mavzular taqdim etiladi.

Ishtirokchilar berilgan yoʻnalish mavzularidan biri boʻyicha savlarga javob berishi kerak. Bu savollar taxminan qanday boʻlishini USHBU NAMUNADA koʻrishingiz mumkin. Savollar mavzusi oldindan berilsa-da, haqiqiy savollar faqat yarim final boshlanganda beriladi.

Haqiqiy savollar berilgach, ishtirokchilarda 3 soat ichida oʻzlari tanlagan mavzu savollari boʻyicha insho yozishi kerak boʻladi. Yodda tuting, faqat bitta mavzu savollariga javob berasiz, har uchalasiga emas. 2 kishilik jamoa boʻlib qatnashayotganda bu bosqichda faqat bir kishi yarim final platformasida roʻyxatdan oʻtishi vaa javoblarni topshirishi mumkin (javoblarni 2 kishi tayyorlayveradi).

Yarim final bosqichining oʻtkazilish tartibi va qoidalari bilan BU YERDA batafsil tanishing.

Yarim finalda qatnashish boʻyicha maslahatlar va baholash tartibi bilan BU YERDA tanishing.

4. Final. Final bosqichiga eng yaxshi natija qayd etgan 100 ta ishtirokchi (jamoa) chiqadi. Final 2023-yil sentabr-oktabrda onlayn tarzda boʻlib oʻtadi. Finalda ishtirokchilar berilgan muammoni hal qilish yuzasidan 3000 soʻzli takliflar yozadi va taqdimot qilib hakamlar hayʼati savollariga javob beradi.

MUHIM: Ishtirok etishdan oldin olimpiada haqidagi rasmiy maʼlumot bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan BU YERDAGI aloqa shakli orqali olimpiada tashkilotchilariga murojaat qilishingiz mumkin.

Manba: https://grantlar.uz