O‘QITUVCHILARNI VIDЕOGA OLIB IJTIMOIY TARMOQLARGA TARQATGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK BOR

➖Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 46-2-moddasida shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash, o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va yo‘q qilish,
➖fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 5 baravarigacha;
➖mansabdor shaxslarga esa — 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi belgilangan.

 


Agar ushbu harakatlar ma’muriy javobgarlik qo‘llanilgandan so‘ng 1 yil ichida takrorlansa, unda jinoiy javobgarlik chorasi qo‘llaniladi (Jinoyat kodeksi 141-2-moddasi).

➖ Biroq bu hammasi emas. Agar o‘qituvchi fuqarolik sudiga o‘ziga yetkazilgan ma’naviy zararni undirishni so‘rab da’vo qilsa bormi? Yuqoridagi summalar chikora.

Fuqarolik kodeksi 1021-moddasi ikkinchi qismida zarar or-nomus, qadr-qimmat va ishchanlik obro‘-e’tiborini haqoratlovchi ma’lumotlarni tarqatish tufayli yetkazilgan bo‘lsa ma’naviy zarar uni yetkazuvchining aybidan qat’i nazar, qoplanishi belgilangan.

 



Ushbu qoida, aynan o‘qituvchinining videosini ijtimoiy tarmoqqa joylab, uning qard qimmatini, ishchanlik obro‘sini to‘kayotgan shaxslarga zararni qoplash majburiyatini yuklaydi.

✅ Bunda ma’naviy zararni qoplash miqdori jabrlanuvchiga yetkazilgan jismoniy va ma’naviy azoblarning xususiyatiga, shuningdek ayb tovon to‘lashga asos bo‘lgan hollarda zarar yetkazuvchining aybi darajasiga qarab sud tomonidan aniqlanadi.

 



P.S. agar o‘qituvchi haqiqatda nohaq bo‘lib, uni videoga olingan bo‘lsa, bu video huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilishi kerak. Shunda video dalil sifatida tan olinishi va o‘qituvchiga muayyan javobgarlik chorasi qo‘llanilishi mumkin.

Biroq ijtimoiy tarmoq orqali tarqatish yuqoridagi javobgarlik choralarini qo‘llashga sabab bo‘ladi.