Zerikarli oʻqituvchi boʻlishni bas qiling!

Hammamizda butun mavzuni bir xil ovoz tonida darslikdan oʻqib beradigan oʻqituvchilar boʻlgan. Tabiiyki bu jarayon oʻqituvchining oʻzi dars yoki mavzuga nisbatan qiziqishi sustligidan yuzaga keladi. Bunday darsda oʻquvchining fanga munosabatini bilish qiyin emas ular shunchaki qoʻngʻiroq chalinishini intizorlik bilan kutib oʻtirishadi. Xoʻsh oʻquvchilarni ragʻbatlantiradigan va ishtiyoqmand boʻlishga undaydigan muhitni qanday yaratamiz?

Zerikishning oldini olishning eng oddiy va samarali usullaridan biri bu-oʻzingiz qilayotgan ishdan zavqlanishdir. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, agar siz oʻquvchilaringizga yaxshi kayfiyat bagʻishlasangiz, ular ham koʻproq narsani oʻrganishadi.

Turli oʻyinlar va amaliy mashgʻulotlar nafaqat oʻrganish uchun foydalidir, balki koʻplab uzoq muddatli xotira uchun zarur. Nevrolog va oʻqituvchi Judi Uillisning fikriga koʻra, sinfda koʻtarinki ruh va qulaylik oʻrniga, bir xillik va qatʼiy intizom hukmron boʻlsa, oʻquvchilarning miyasi maʼlumotlarni samarali qayta ishlash va uzoq muddatli xotiradan uzoqlashadi.

Demak, nisbatan erkin va qiziqarli muhit miyadagi dopamin, endorfin va kislorodni koʻpaytirish orqali oʻrganishni ragʻbatlantiradi. Oʻquvchilarga oʻqishni qiziqarli qilish uchun avval oʻzimiz uchun oʻqitishni yanada qiziqarli qilishimiz kerak.

Qanday qilib koʻproq qiziqarli dars oʻtkazish mumkin?

Yangi narsalarni birgalikda kashf qiling.

O'quvchilar va oʻqituvchilar birgalikda yangi narsalarni oʻrganishsa, ikkala tomon uchun ham qiziqarliroq boʻladi. Sizning vazifangiz, albatta, taʼlim berishdir, lekin nega bu jarayon umumiy oʻrganishni va bolalar bilan birga kashf qilishni oʻz ichiga olmasligi kerak?

Darslaringizni sirlar bilan boyiting.

Eng qiziqarli oʻrganish oʻquvchilarda hayrat hissini uygʻotganidagi oʻrganishdir. 

Faqat maʼlumot tarqatmang uni dastlab sirli talqinlar bilan bering. Gʻalati, gʻayrioddiy, oʻziga xoslikni taʼkidlang. Savollar bering. Mavzuni oʻrganish orqali hal qilinishi mumkin boʻlgan qiziqarli tafsilotdan boshlang. Darslarni oʻzgartirish darsdagi zerikarli mashgʻulotlardan qochishga yordam beradi. 

Har bir inson materialni takrorlash oʻrniga, mulohaza yuritish imkoniyatini qadrlaydi.

Maʼruzalarni suhbatlar bilan almashtiring.

Nega oʻqitish juda passiv boʻlishi kerak? 

Sinf sahnasidagi donishmandni unuting va oʻquvchilaringizni doʻstingiz kabi oddiy suhbatga jalb qiling. Bu, albatta, koʻproq savollar berishni anglatadi, lekin bu siz va oʻquvchilaringiz faol ravishda fikr almashadigan uslubiy oʻzgarishlarni talab qiladi.

Ishingizdan rohatlaning.

Oʻziga ishonchi yuqori boʻlgan odamlar — biz hurmat qiladigan va tinglaydigan odamlar — bir umumiy xususiyatga ega: ular oʻzlari bajarayotgan ishidan zavqlanadilar. Hissiyotlar esa yuqumli ular qarshisida turib bu zavqni siz tuya boshlaysiz. Agar siz oʻzingizni shaxsiy rivojlantirish ustida ishlasangiz, dars berishdan zavqlansangiz, sizning oʻquvchilaringiz ham darsda oʻzlarini ancha yaxshi his qilishadi.

Oʻz faningizni bola uchun eng muhimi deya belgilab olmang.

Oʻquvchilarning doimiy shikoyatlaridan biri, oʻqituvchilar oʻz fanlari bolalar oʻtayotgan yagona fan emasligini qabul qilolmasliklaridir. Oʻquvchilar bir vaqtning oʻzida qator fanlar boʻyicha topshiriqlar bajarishlari kerak. Bu siz dars davomida ularga eʼtiborni kamaytirib imkon qadar oʻz holiga qoʻyib berishingizni emas, balki oʻquvchilarning qiziqishlari va ustuvorliklari siznikiga mos kelmasligini tan olishni anglatadi. Tushunishga harakat qiling va hatto oʻquvchilar oʻrganayotgan boshqa fanlarga qiziqish bildiring. Buni boshqa fanlar bilan bogʻlash orqali oʻquvchilarni oʻz mavzuyingizga jalb qilish imkoniyati sifatida oʻylab koʻring.