2025 yilda talab eng yuqori bo'ladigan bilim va ko`nikmalar o'ntaligi

Butunjahon iqtisodiy forumining kelgusidagi ish o'rinlari to'g'risidagi hisobotiga ko'ra, barcha xodimlarning 50% texnologiyalarni tadbiq etish ortib borishi sayin 2025 yilga kelib qayta tayyorlashni talab qiladi.

Tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish, ish beruvchilarning fikriga ko'ra, keyingi besh yil ichida muhim ahamiyat kasb etadigan ko'nikmalar ro'yxatiga kiradi.

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan 2020-2021 yillardan boshlab Milliy o'quv dasturi asosida joriy qilinayotgan umumiy o'rta ta'lim maktablari darsliklarida o'quvchilarda tanqidiy va ijodiy fikrlash, muammoga yechim topish, texnologik dizayn va dasturlash va 21-asrning boshqa ko'nikmalarini rivojlantirish hisobga olindi.