Rus tilini chet tili sifatida bilishni baholovchi imtihon to‘g‘risida bilasizmi? 

Bu imtihonning rus tilidagi to‘liq yozilishi " "ТРКИ - Тест по русскому языку как иностранному" " bo‘lib, ingliz tilida "Test of Russian as a Foreign Language (TORFL)" shaklida ham keng tarqalgan. Bu xalqaro darajada rus tilini bilishni baholovchi davlat imtihonidir. 

TRKI (TORFL) 1995 yilda yaratilgan bo‘lib, quyidagi oltita darajani o‘z ichiga oladi: 

A1, A2, B1, B2, C1, C2.  

B1 darajadan boshlab sertifikat beriladi.

A1 (boshlang‘ich daraja, 60-80 soat tayyorgarlik) – eng sodda leksikalarni ifodalaydi: salomlashish, xayrlashish, biror iltimos bilan murojaat qilish o‘rganiladi; 

 A2 (fundamental daraja, 160-200 soat tayyorgarlik) – kundalik hayotdagi sodda muloqot leksikalarini ifodalay olish (do‘kondagi, transportdagi, restorandagi); 

B1 (birinchi sertifikat darajasi, 400-480 soat tayyorgarlik) – o‘qishdagi, ish yuzasidan va ijtimoiy muloqot jarayonidagi fikrlarini ifodalay olish; 

 B2 (ikkinchi sertifikat darajasi, 560-680 soat tayyorgarlik) – erkin muloqot qilaolish, OAVdagi xabarlar va leksiyalarni tushunish;

 C1 (uchinchi sertifikat darajasi, 960-1200 soat tayyorgarlik) – tezkor tarzda gapirish, so‘zlar va ifodalarni qiynalmasdan to‘liq talaffuz qilish, ilmiy va kasbiy sohadagi so‘zlarni qo‘llash;

C2 (to‘rtinchi sertifikat darajasi) – rus tilida sof so‘zlashuvchi darajasi.

Imtihon jarayonida olinadigan testlar tarkibiga nimalar kiradi:

✅ Har bir darajaning testi 5 ta subtestlardan iborat: leksika, grammatika, o‘qish, audio tinglash, yozish, so‘zlashuv. Testlarning davomiyligi darajasidan kelib chiqqan holda minimum 3,5 soat bo‘ladi.